Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Advokatlik byurolari, firmalari va hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat boji kamaytirildi


Advokatlik byurolari, firmalari va hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat boji kamaytirildi

 

   Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xizmatlari koʻrsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda yuridik maslahatxonalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish funksiyalari adliya organlaridan Davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazildi.

Shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi, jumladan:

— advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari roʻyxatdan oʻtkazilganda davlat boji BHMning 1 baravari etib belgilandi. (Ilgari BHMning 2 baravari edi)

Bundan tashqari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarini, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) ham Davlat xizmatlari markazlarining zimmasiga yuklatildi.

Toʻlov hujjatlari koʻchirma nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi.

 

Axror Esonboyev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi