Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ayrim tadbirkorlar foyda soligʻini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasida toʻlaydi


Ayrim tadbirkorlar foyda soligʻini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasida toʻlaydi

 

Joriy yil 12-yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlarga ajratiladi.

Ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

2024-yil 1-sentyabrgacha “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

2027-yil 1-yanvargacha:

— choʻl hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlar 3 yil davomida foyda soligʻini va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;

— choʻl hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.

 

Asilbek Oʻrmonov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi