Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023-y.) bilan Davlat umumiy oʻrta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli qarori Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillas


Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023-y.) bilan Davlat umumiy oʻrta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli qarori

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida:

Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) mahallalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi, daromad va xarajatlar hamda dasturlarni tasdiqlovchi oliy organ hisoblanadi;

Respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;

Respublika kengashi har olti oyda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari har uch oyda, tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari har oyda kamida bir marotaba Uyushma va boshqa davlat tashkilotlari, ularning tegishli hududiy boʻlinmalari faoliyatini baholash va muammolarni kompleks hal qilish yuzasidan yigʻiladi;

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Konferensiyasi Uyushmaning yuqori organi boʻlib, kamida uch yilda bir marta chaqiriladi;

Uyushmaning raisi Respublika kengashining taqdimnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida oʻn nafardan shakllanadigan delegatlardan (fuqarolar yigʻinlari raislari) iborat Konferensiya orqali lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Uyushma raisining oʻrinbosarlari Respublika kengashining taqdimnomasiga asosan Uyushma raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va Respublika kengashi bilan kelishilgan holda lavozimidan ozod etiladi;

Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Uyushma raisi tomonidan, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Uyushma hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxs hisoblanadi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birliklari qisqartirilib, Uyushma, uning hududiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tashkil etiladi;

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalarining 320 ta shtat birliklari qisqartirilib, Uyushma va uning hududiy boʻlinmalariga oʻtkazilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

mahallalar faoliyatini joriy taʼminlash (mahalla raisining ish haqi, kommunal toʻlovlar, kanselyariya mollari va boshqalar) va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi;

Uyushma har yili 15-iyulga qadar Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga (keyingi oʻrinlarda — Jamoat fondi) oʻzining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarini hamda tizim tashkilotlarini saqlash, mahallalarni qoʻllab-quvvatlash, ular faoliyatini joriy taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmi boʻyicha Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan buyurtmani taqdim etadi;

Jamoat fondi tomonidan buyurtmaga muvofiq subsidiya ajratiladi;

Uyushmaning rahbariyati va xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash shartlari Uyushma taklifiga binoan Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi;

Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlariga shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limitlar ajratiladi;

Uyushma va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari hisob va hisobotlari yuritilishiga byudjet tashkilotlari uchun belgilangan tartiblar tatbiq etiladi;

Uyushma tomonidan uning markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarining moliyaviy hisobotlari Jamoat fondiga topshiriladi. Bunda, Jamoat fondi tomonidan moliyaviy hisobotlar belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.

“Mahalla byudjeti” tizimi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oy yakuni bilan kelgusi oyning 5-sanasiga qadar “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib boradi.

a) yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish va oʻzini oʻzi band qilish uchun noturar joy ijara xarajatlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlar yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladi;

b) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:

chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat, kitobxonlik yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish;

nogironligi boʻlgan yoki bemor yoshlarga zarur birlamchi tibbiy anjomlar va dori vositalarini ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish.

a) “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin:

hududlarning tarixiy xususiyatlari va aholi punktlarining geografik joylashuvini hisobga olgan holda mahallalarni tashkil qilishning aniq mezonlarini belgilash;

“mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial masʼuliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash, mahalla raisining ularning saʼy-harakatlarini birlashtirish va yoʻnaltirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash boʻyicha vakolatlarini mustahkamlash;

mahalla tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha oshirilgan koeffitsiyentlar qoʻllash yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taklif kiritish;

“mahalla yettiligi” tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda ushbu mahallada yashovchi nomzodlarga ustuvorlik berish;

mahalla raisining soʻroviga javob bermaslik yoki taqdimnomasida qoʻyilgan masalani koʻrib chiqmaslik uchun javobgarlik belgilash;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga mahalla raislari oʻz faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyganda, ularga nisbatan ishonchsizlik bildirish va ushbu masalani koʻrib chiqish vakolatlarini berish va boshqalar;

b) “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish:

mahalla raisi saylovini aholi tomonidan umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali oʻtkazish;

mahalla raisining maʼlumoti (oliy) va malakasi boʻyicha qoʻyiladigan talablar;

mahalla raisining vakolat muddatini 3 yildan 5 yil muddatga uzaytirish va boshqalar.

uch oy muddatda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektori uchun qulay va ixcham binolarni oʻzida mujassam qiluvchi mahalla idoralarining namunaviy binosi loyihasini ishlab chiqsin;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari, davlat-xususiy sheriklik hamda boshqa manbalar hisobidan oʻz binosiga ega boʻlmagan mahallalarda uch yil muddatda namunaviy mahalla binolarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish orqali, qurib topshirilishini taʼminlanadi;

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

08.01.2024-yil.