Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

2024-yilda Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln soʻmgacha oshiriladi


2024-yilda Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln soʻmgacha oshiriladi

 

Qonunchilikka koʻra, quyidagilar:

▪️mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshiriladi;

▪️nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;

▪️mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablagʻlarini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi;

▪️jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga ruxsat beriladi;

▪️mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi;

▪️jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.

Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;

▪️mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;

▪️tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari boʻyicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi. (https://t.me/huquqiyaxborot/14856)

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

05.01.2024-yil.