Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mol-mulkni sotishga qaysi holatlarda er yoki hotining roziligi talab etilmaydi.


Mol-mulkni sotishga qaysi holatlarda er yoki hotining roziligi talab etilmaydi.

 

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga koʻra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush oʻrtogʻining roziligi talab etiladi.

 

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

 

nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

 

meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan;

 

nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa;

 

er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa.

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

06.01.2024-yil.