Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Aliment toʻlaydigan ota (ona)ning ish joyi oʻxgarganda MIBni xabardor qilishi kerak.


 

 

Aliment toʻlaydigan ota (ona)ning ish joyi oʻxgarganda MIBni xabardor qilishi kerak.

 

Aliment ota (ona)ning shaxsan oʻzi tomonidan toʻlanadi yoki arizasiga koʻra ish joyida, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʻ olayotgan joyida toʻlanadi.

Aliment toʻlaydigan ota (ona) ishlaydigan ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot alimentni ularning daromadidan ushlab qolishi va bolaga yetkazishi kerak.

Aliment toʻlaydigan ota (ona) ish, oʻqish, yashash joyi oʻzgarganda bu haqida MIBni va aliment olayotgan shaxsni xabardor qilishi shart.

Xabardor qilmasa javobgarlik kelib chiqadi.

 

 

Shuningdek:

 

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 380 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu qilmish maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Maʼlumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

07.01.2024-yil.