Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilgan.


 

Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilgan.

 

Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya toʻlovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (167 ming 400 soʻm) toʻlanadi.

Shuningdek, yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (372 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilangan.

Bunda, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.

Kompensatsiya toʻlovi, uni olish huquqiga ega boʻlgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qatʼi nazar toʻlab boriladi

 

 

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

 

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm); 1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

05.01.2024-yil.