Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023-y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qis


 

“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023-y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi.

 

Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

- Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

- viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

- tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 

 

Eslatib oʻtamiz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 2022-yil mart oyida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tarkibida tashkil etilgandi. 2022-yil dekabridagi islohotlar vaqtida qoʻmita Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

05.01.2024-yil.