Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son Farmoni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi

PF-208-son Farmoni

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

 

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vazirlik va idoralar hamda nodavlat tashkilotlari oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritishlariga koʻmaklashish, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi quyi tashkilotlarining joylarda ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi.

2. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;

erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga koʻmaklashish, tadbirkorligini rivojlantirish;

oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, ijtimoiy xodim va boshqa davlat xizmatchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish;

oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish;

oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib qilish;

migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʻmaklashish;

keys menejment qoʻllagan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish.

3. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir oʻrinbosari shtati negizida Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etiladi;

b) Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritiladi;

v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari tugatiladi;

g) ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida erkaklar va xotin-qizlar teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

d) Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Qoʻmita tuzilmasiga oʻtkaziladi.

4. a) mahalladagi xotin-qizlar faollari oʻz faoliyatida Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalariga boʻysunadi hamda ular oldida hisobdor boʻladi;

b) Qoʻmitaning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 582 nafar, shu jumladan rais oʻrinbosari soni 2 nafar etib belgilanadi;

v) Qoʻmitaga ajratiladigan shtat birliklarining:

152 tasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining amaldagi shtatlari;

222 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari shtatlari;

208 tasi tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlaridagi oila va xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis shtatlarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;

d) Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari orqali markazlashgan tarzda moliyalashtiriladi.

6. Qoʻmita xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari quyidagicha belgilansin:

Qoʻmita markaziy apparati xodimlari — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining markaziy apparati xodimlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari rahbarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari;

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari rahbarlari — tuman va shahar hokimlarining oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari xodimlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlari;

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari xodimlariga tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.

Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari rahbarlari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari rahbarlari tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya boʻlimi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulugʻbek

 

06.01.2024-yil.