Янгиликлар
HADYANI BEKOR QILSAK BO’LADIMI?
HADYANI BEKOR QILSAK BO’LADIMI?
Savolim Onamlani qizli uylari haqida! Savolim shuki Onamla oilada 5ta farzand bo’lishgan 4ta qiz 1ta o’g’il . 2016 yilda tog’am vafot etganla,shundan keyin kotta qiz uy-joyyi 80 yoshga yaqinlashib qolgan qari dodamni mazalari yo’ligidan (vafot etishlarini bilgan holda), foydalanib o’zlarini nomlariga hadya shartnomasi asosida o’tqazib olgan. Shu yilgacha bundan hichkimi havardor qilinmagan yani 3ta qiz behavar. Shu holatda nima qilsa bo’ladi?
JAVOB:
Fuqarolik Kodeksining 502-moddasiga binoan, hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi.
Shuningdek, ushbu Kodeks 504-moddasiga ko’ra, ko’chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Bundan tashqari, Fuqarolik Kodeksi 507-moddasiga muvofiq:
???? Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog’lig’iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo’l qo’yiladi.
???? Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o’ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
???? Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo’lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo’q bo’lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Dodangiz 2017-yilda vafot etgan ekanlar, lekin vafotidan oldin nabirasiga hadya qilib ketgan bo’lsa, bu uyga xolalaringiz da’vo bilan chiqa olmaydi. Faqat yuqorida sanab o’tgan holatlarimiz bo’ladigan bo’lsa, sud orqali hadya shartnomasini bekor qildirishi mumkin.
Bo’stonliq tuman adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig’i
U.A.Tulaganov