Янгиликлар
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi
Unga koʻra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30 yil).
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi. “Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “Ye-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi taʼminlanadi.
Mardon Farxatov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi