Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Futbol boʻyicha mahalla terma jamoalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” oʻtkaziladi


Futbol boʻyicha mahalla terma jamoalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” oʻtkaziladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-mart kuni Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi.

Quyidagilar:

— har yili 1-yanvargacha mahallalarda oʻtkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlab boriladi;

— mahalla terma jamoalarining 12–15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16–30 yosh toifalari oʻrtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

— 2024/2025 oʻquv yiligacha “Mahalla ligasi” musobaqalarida oʻz iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yoʻnaltirib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2024-yildan barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 8–11-sinf oʻquvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Akmal Rahmatullayev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi