Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yangi avtomobilga “nomer” olish va uni roʻyxatdan oʻtkazish qancha?


Yangi avtomobilga “nomer” olish va uni roʻyxatdan oʻtkazish qancha?

 

Qonunchilikka koʻra, avtomototransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazishda quyidagi toʻlovlar undirilishi belgilangan:

— Avtotransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (ROʻDRB) uchun BHMning 3,5 baravari (1 mln 190 ming soʻm) miqdorida;

— Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning10 foizi (34 ming soʻm) miqdorida;

— Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish uchun BHMning 70 foizi (238 ming soʻm) miqdorida.

 

Gʻanisher Abdurahmonov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi yetakchi maslahatchisi