Янгиликлар
Suvni ifloslantirmang, jarimasi bor
Suvni ifloslantirmang, jarimasi bor
Suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga koʻra;
— fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming soʻmdan 1 mln 700 ming soʻmgacha);
— mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 3 mln 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Muhammad Kilichbayev,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi yetakchi maslahatchisi