Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllaniladi


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllaniladi

 

Qonunchilikka koʻra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun oʻz xohishiga koʻra YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtib, soʻrovnoma toʻldiradi hamda unga zarur hujjatlarni ilova qiladi.

Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.

Soliq organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kodli xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻlovlarni amalga oshiradi.

 

Habibullo Ermatov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi katta maslahatchisi