Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi beriladi


Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi beriladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

—   3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming soʻm;

—   3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming soʻm;

— oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 150 ming soʻm;

— oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming soʻmdan.

Shuningdek, yolgʻiz fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga oylik 380 ming soʻm moddiy yordam tayinlanadi.

Maʼlumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha toʻlanadi.

 

Dilshod Turdimuhammadiyev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi