Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat tayanchidir


Sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat tayanchidir

 

Har qanday jamiyatning ma’naviy negizi oila hisoblanadi. Davlatning rivojlanishida oilaning mustahkam bo‘lishi bevosita oilaning ijtimoiy rolining muhim ekanligidan dalolatdir. Sog‘lom oilaviy munosabatlarning shakllanishi avvalo, jamiyatning ijtimoiy tartibini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq. Chunki, jamiyatda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi.

Avvalo, oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o‘rgatish, o‘qitish, ta’kidlash bilan emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o‘rnak ko‘rsatishi uchun olib boriladi.

Mamlakatimizda oilani huquqiy himoyasi Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, oila uchun maxsus XIV-bob 63-66-moddalar ajratildi. Bunday holat, ya’ni oilaning himoyasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi boshqa mamlakatlar Konstitutsiyalarida uchratmaymiz.

Oila jamiyatning ajralmas qismi va mavjud bo‘lish sharti - deb qaraladi va albatta, unda ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo‘lishi, bu birlashuv orqali yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi. Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida ,,Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir ....’’ , degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo‘lishini, rivojlanish xavf ostida qolishini ko‘rsatadi.

Oilani qo‘llab-quvvatlash, muhofaza qilish davlatning Konstitutsiyaviy burchidir. Davlatning oilaga g‘amxo‘rligi qonun asosida qurilgan bo‘lib, avvalo u Oila kodeksida belgilangan. Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning qonuniy sharti bo‘lib, u Konstitutsiyada ham belgilangan.

Bundan tashqari, sog‘lom va mustahkam oilaning vujudga kelishi uchun davlat tomonidan chora-tadbrilar hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil
25-maydagi PF-3434-sonli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida»gi 242-sonli qarorining bajarilishi mamlakatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki: Yurtboshimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyevning ,,Eng    katta    baxt,    men    buni    ming    marta    qaytarishdan charchayapman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rishhammamizga nasib etsin!’’ – deb ta’kidlab o‘tgan bu kabi fikrlarni yurtimizdagi islohotlarning, jamiyatda oilaning tutgan o‘rnini, farzandlarni kamolga yetkazishda boshlang‘ich bo‘gin oilaning muqaddas dargoh ekanliginini yana bir bor eslatib o‘tdilar.

Sog‘lom va mustahkam oila jamiyat barqarorligi va rivojlanishida shubhasiz o‘rin tutadi. U kelajak va farovonlik barpo etuvchi o‘zgarmas poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda oila bizda eng birinchi oliy bo‘gin hisoblanishi ham mintalitet evaziga ham o‘zimizga xos va mos yo‘ldan kelib chiqqan holda oila biz uchun hozirgi kundagi har qanday jamiyatning asosi hisoblanadi.

Barchangizni kirib kelayotgan Navro`z bayram bilan tabriklab, sog`liq va salomatlik va oilaviy baxt tilayman.

Chirchiq shahar FHDY

bo`limi mudirasi                                                                Yulduz Raxatova