Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish sohasidagi huquqiy islohotlar


Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish sohasidagi huquqiy islohotlar

 

Xozirgi kunda zararli axborotlardan himoya qilish davlatning ustuvor vazifalaridan biri. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017-yil 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning asosiy maqsadi bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga koʻra har bir bola oʻzining sogʻligʻi, axloqiy va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish, har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega

pornografiya, shafqatsizlik va zoʻravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taʼqiqlanadi.

           Yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyat kodeksida oʻrnatilganligiga qaramasdan ayrim shaxslar xavfli axborotlardan gʻaraz maqsadlarda foydalanayotganligi hammamizga maʼlum.

Bugungi kunda tezlik bilan hayotimizga kirib kelayotgan axborotlarni yaxshi-yomonga yoki toʻgʻri-notoʻgʻriga ajratish juda murakkab boʻlib bormoqda. Shuning uchun ham mazkur jarayonda barchaning ogohligini taʼminlash zaruriyati ham ortmoqda.

Maktab va kollejda tahsil olayotgan oʻquvchilarga aloqa vositalaridan foydalanishni cheklash, taʼlim muassasasiga aloqa vositalarini olib kelmasliklarini yoʻlga qoʻyish zarur.

Axborot hujumi shunday kuchki, u bilan kurashish uchun bir insonning yoki bir jamoaning qurbi yetmaydi. Shu sababli, xavfli axborotlardan yoshlarni himoya qilishda barchamiz birdam boʻlib harakat qilmogʻimiz lozim.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov