Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi

Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Bunda ariza beruvchiga “1+1” tamoyili asosida bir vaqtning oʻzida zamonaviy kasb yoki axborot texnologiyalar oʻquv kursi bilan birgalikda xorijiy til oʻquv kursida oʻqish xarajatlari uchun ham subsidiya ajratilishi mumkin.

Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin.

Ariza beruvchi subsidiya ajratishni soʻrab Vasiylik kengashiga oʻzi va nodavlat taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.

Shartnomada nodavlat taʼlim tashkilotining nomi, STIR, oʻqitiladigan zamonaviy kasb, xorijiy til turi yoki axborot texnologiyalar yoʻnalishi, oʻquv kursining bir oylik toʻlovi miqdori va umumiy muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq boʻlganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida oʻquv kursi uchun belgilangan mablagʻlar ariza beruvchining oʻqiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan nodavlat taʼlim tashkilotining hisob raqamiga oʻtkazib boriladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchi tomonidan haqiqatda oʻquv kursida oʻqiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida oʻrganadi.

Oʻrganish jarayonida ariza beruvchi tomonidan oʻquv kursida oʻqimayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan oʻquv kursi uchun subsidiya berish toʻxtatiladi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov