Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish tartibi

Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning bir baravarigacha miqdorda mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 10-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin.

43. Ariza beruvchi oʻquv kursida oʻqish uchun subsidiya ajratishni soʻrab Vasiylik kengashiga oʻzi va nodavlat taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.

Shartnomada nodavlat taʼlim tashkilotining nomi, STIR, oʻqitiladigan taʼlim turi, oʻquv kursining bir oylik toʻlovi miqdori va umumiy muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq boʻlganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

44. Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida oʻquv kursi uchun belgilangan mablagʻlar ariza beruvchining oʻqiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan nodavlat taʼlim tashkilotining hisob raqamiga oʻtkazib boriladi.

45. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchi haqiqatda oʻquv kursida oʻqiyotganligi toʻgʻrisida har oyda kamida bir marta monitoring asosida oʻrganadi.

Oʻrganish jarayonida ariza beruvchi tomonidan oʻquv kursida oʻqimayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan oʻquv kursi uchun subsidiya berish toʻxtatiladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov