Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 15-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Ariza beruvchi subsidiya ajratishni soʻrab oʻzi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida shartnoma nusxasini taqdim etadi.

Shartnoma nusxasi taqdim etilgandan soʻng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq boʻlganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashining subsidiya ajratish haqidagi qarori qabul qilinadi.

Qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari uch ish kuni ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining Xalq bankidagi tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va toʻlov maqsadini koʻrsatgan holda subsidiyani oʻtkazib beradi.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov