Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish tartibi


Yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish tartibi

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratishda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi ushbu Nizomga 16-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.

Ariza beruvchi kafillik ajratishni soʻrab tijorat bankining Vasiylik kengashi nomiga yuborilgan ariza beruvchi tomonidan qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish haqidagi xatini taqdim etadi.

Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida kafillik berish yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki kafillik berishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini oʻrgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

Murojaatni oʻrganish natijalariga koʻra, Vasiylik kengashi qaroriga asosan uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kafillik berilishi mumkin.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov