Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:

sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan “Ishga marhamat” monomarkazlari, davlat va nodavlat kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;

sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) investitsiya boʻlimlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari hamkorligida tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda yoshlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;

sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan birgalikda fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga jalb qilish, shuningdek, dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini 0,10 gektardan 1 gektargacha belgilangan tartibda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga yer berish;

sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, tuman (shahar) hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, qurilish boʻlimlari bilan birgalikda hududdagi qurilish ishlariga jalb qilish;

tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda yoshlar bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida subsidiyalar ajratishga koʻmaklashish.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov