Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish

Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentyabrdagi PQ-4829-son qarori asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan yoshlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida, xususan hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga oʻqitiladi (xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno);

uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoshlarning haq-huquqlarini taʼminlashga va koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralar-tadbirlar koʻriladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov