Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi


“Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi

Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi:

Tyegishli toifa boʻyicha belgilangan amaliy yordamlar toʻliq koʻrsatilganda (bir martalik moddiy yordam koʻrsatilganligi bundan mustasno);

bandligi taʼminlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlganda;

toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;

oʻz arizasiga koʻra;

“Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;

boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning “Yoshlar dasturi”ga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ish beruvchi tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlovi hisoblanganda hamda ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan axborot bazasida va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan taqdirda, ish bilan bandligi taʼminlangan deb hisoblanadi hamda “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos boʻladi.

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar Nizomning 90-bandida koʻrsatilgan holatlardan boshqa sabablar bilan “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan taqdirda, amaliy yordam berish uchun “Yoshlar daftari”ga qayta kiritiladi.

“Yoshlar daftari”dan chiqarilayotgan yoshlar bir kun ichida bu haqida xabardor qilinadi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov