Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Endi yerga boʻlgan ijara huquqini sotish mumkin...


Endi yerga boʻlgan ijara huquqini sotish mumkin...

 

Prezidentining 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli "Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berildi

ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi shart, ushbu muddat ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;

Yaʼni agar ijarachi jismoniy shaxc boʻladigan boʻlsa, 3 yil davomida agar yuridik shaxs boʻlsa 5 yil foydalangan boʻlishi shartligi belgilangan. Muddat yerni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan vaqtdan boshlanadi.

yuridik shaxslarga elektron onlayn auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yoʻl qoʻyiladi;

ijaraga beruvchi ochiq elektron tanlov natijasiga koʻra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn auksion savdolari natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻlashi shart.

Judayam qiziq norma bu. Masalan siz yerni auksion orqali ijaraga oldingiz siz bilan yer ijara shartnomasi tuzilayotganda siz 30 yil davomida qancha pul toʻlashingiz ham ayon boʻladi. Agar siz bu auksionda olgan yeringizni qayta ijaraga bermoqchi boʻlsangiz siz auksion narxidagi pulni bira yoʻla toʻlashingiz kerak boʻladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov