Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Otalikni aniqlash boʻyicha sud-med ekspertizasi necha kun muddatda javobi chiqadi va qayerda oʻtkaziladi?


Otalikni aniqlash boʻyicha sud-med ekspertizasi necha kun muddatda javobi chiqadi va

                                                    qayerda oʻtkaziladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida odam DNKsi biologik tadqiqotlari amalga oshiriladi. Mazkur markaz hozirgi vaqtda Respublikada ushbu turdagi tadqiqotni amalga oshiruvchi yagona muassasa hisoblanadi.

Odam DNKsi biologik tadqiqotini amalga oshirish uch xil shaklda amalga oshiriladi: 

1. Oddiy - 2 727 000 soʻm;

2. Oʻrta - 5 481 000 soʻm;  

3. Murakkab - 8 316 000 soʻm.

Sud ekspertizasining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga qarab kam obyektli va murakkab boʻlmagan tekshiruv oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha 10 kungacha, koʻp obyektli yoki murakkab tekshiruvlar oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha 20 kungacha, koʻp obyektli va murakkab tekshiruvlar oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha 30 kungacha boʻlgan muddat talab etiladi. Mutaxassis tomonidan tadqiqot natijasi 30 kun ichida talabgorga berilishi maʼlum qilgan. 

Agarda tadqiqot natijasi bilan sizning bolaning biologik otasi emasligi oʻz isbotini topsa, bolaning onasidan oʻzingizga yetkazilgan maʼnaviy zararni undirib olish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov