Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

MUROJAATLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH...


MUROJAATLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH...

 

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga koʻra, quyidagi holatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.

Manashunday huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarning bu harakati ularga nisbatan BXMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

Maʼlumot uchun; murojaatlarni koʻrib chiqish muddati 15 kungacha, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov