Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

AYOL – Muqaddas.


AYOL – Muqaddas.

 

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning mart oyi “Xotin-qizlar huquqlari” oyligi deb eʼlon qilinib, oylik doirasida: Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Tenglik va kamsitilmaslik 1945-yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkiloti Nizomining asosiy tamoyillaridandir. Ayollar huquqlari – inson huquqlari boʻlganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu maʼnoda, gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri boʻlib, jinsiy kamsitish deyarli barcha inson huquqlari toʻgʻrisidagi shartnomalarida taqiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim taʼminlashga alohida eʼtibor berib keladi.

Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 396-moddasida -Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qoʻllanilishining hamda ularni xizmat safariga yuborishning oʻziga xos xususiyatlari belgilangan boʻlib, homilador ayollar, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) faqat oʻz yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart deb va homilador ayollarni va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi belgilangan.

Bundan koʻrinib turibdiki, ayol kishi oilani ham, ishni ham munosib olib boradi. Ishlovchi ayollarni koʻproq qoʻllab quvvatlash lozim. Tarixdagi buyuk ayollar ham bugungi kunda faol ayollar ham ona ular farzand tarbiyalaydi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                  N.Anarqulova