Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sudlarda ayollarga advokatlar haqi davlat hisobidan qoplanadi.


Sudlarda ayollarga advokatlar haqi davlat hisobidan qoplanadi.

 

Bilamizki, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Nozik xilqat egalarining huquqlarini himoya qilish borasida adliya vazirligi tomonidan mart oyi “Xotin-qizlar huquqlari oyligi” sifatida eʼlon qilindi.

Fursatdan foydalanib, 2019-yil 7-mart kunida qabul qilingan Muhtaram Prezidentimizning “ Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-4235-sonli qarori qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

Mazkur qarorga asosan, 2019-yil 1-maydan--ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilindi,

-tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sogʻligʻiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan soha yoki kasblar roʻyxati tasdiqlandi,

-bola parvarishlash taʼtilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qoʻshimcha bir oy nafaqa toʻlanadigan bola parvarishlash taʼtili berildi,

-ikki yoshga toʻlmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi berildi,

-ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlandi,

-erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanishi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

 

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                        N. Anarqulova