Янгиликлар
Savol Menga 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan, hozirgi kunda ishlayman, pensiya tayinlanganidan keyin ishlaganim ish stajiga qoʼshiladimi?
Savol
Menga 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan, hozirgi kunda ishlayman, pensiya tayinlanganidan keyin ishlaganim ish stajiga qoʼshiladimi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga (Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari) ko’ra, I va II guruh guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʼshib hisoblanadi.
Shuningdek, Qonunining 49-moddasiga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Chirchiq shahar YXKM bosh yuriskonsulti S. M. Imomaliyev.