Янгиликлар
BMTga qanday shikoyat qilish mumkin?
BMTga qanday shikoyat qilish mumkin?
Ushbu maqolada BMTga murojaat qilsih deyilganda Jeneva shahrida joylashgan BMTning inson huquqlari qo’mitasiga murojaat qilish nazarda tutilgan. Murojaat mavzusi ham faqat inson huquqlar bo’yicha cheklanishi kerak.
BMTning Inson huquqlari qo'mitasiga faqat jismoniy shaxslar murojaat qilishlari mumkin. Bir guruh shaxslar va tashkilotlar bunday huquqqa ega emaslar. Boshqacha aytganda, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fondlar, jamiyatlar, talabalar yoki ishchilar guruhi va boshqalar shikoyat bilan murojaat qila olmaydi.
Shikoyat ma'lum bir mamlakat fuqarosi yoki ushbu davlat hududida yashovchi (yashayotgan) chet el fuqarosi tomonidan berilishi mumkin.
Inson huquqlari bo’yicha qo’mitaga faqat “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”da (matn davomida – Pakt) ko’rsatilgan huquqlar buzilishi yuzasidan murojaat qilish mumkin.
Kim ariza bera oladi?
O'zining Paktda mustahkamlangan huquqlaridan biri davlat organi tomonidan buzildi? deb bilgan shaxs (jabrlanuvchi) BMTning inson huquqlari qo’mitasiga shikoyat qilishga haqlidir. Bundan tashqari, agar jabrlanuvchi qamoq jazosini o'tayotgan bo'lsa yoki ruhiy kasalliklar shifoxonasida bo'lsa, oila a’zolari tomonidan ariza yuborilishi mumkin.
Shuningdek, qonuniy vakolatli shaxs (masalan, advokat) ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchona bilan birgalikda jabrlanuvchi nomidan murojaat qilishi mumkin.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Fayziyev