Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mamlakatimizda davlat bojiga oid munosabatlar amaldagi Soliq kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va davlat boji to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Davlat boji nima?


Mamlakatimizda davlat bojiga oid munosabatlar amaldagi Soliq kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va davlat boji to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Davlat boji nima?

Bu savolga javoban shuni aytish kerakki, davlat boji – amalga oshirilgan qator xizmatlar, xususan, sud tomonidan da’vo arizalari va boshqa hujjatlarning qabul qilinishi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, qator hujjatlarni berish, shuningdek, maxsus huquqni berganlik uchun undiriladigan to‘lovdir. Qonun hujjatlarida bojlarning uchta turi ajratib ko‘rsatilgan. Bular – davlat boji, bojxona to‘lovi va ro‘yxatga olish bojlaridan iboratdir. Soliq kodeksining 328-moddasi 2-bandiga muvofiq, iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji quyidagilardan undiriladi: – iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan; – tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan; – nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan; – iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan; – iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan; – hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan; – hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan; – chet davlat sudi yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizalardan; – chet davlat sudi yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan; shuningdek, iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun. Soliq kodeksining 326-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, davlat bojining stavkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat boji stavkalari»ning 2-bandiga muvofiq, iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan va iqtisodiy sudning qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan quyidagi tartibda davlat boji undiriladi: a) mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan – da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; b) mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan – eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; v) bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardan – eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida; g) xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan – eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; d) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan – birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa, nizolashayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblangan stavkalar; ye) sud hujjatlarining dublikatlarini hamda tomonlar va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan iqtisodiy sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan – hujjatning har bir beti uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; j) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan – eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida. Davlat bojini to‘lashda qanday chegirmalar belgilanishi mumkin? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi qarori bilan «Davlat boji stavkalari haqida»gi hukumat qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Mazkur qarorga berilgan izohda qayd etilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda «Davlat boji stavkalari» 2-bandi «a» – «g» va «ye» kichik bandlarida ko‘rsatilgan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi. Bunda kichik biznes sub’ektarining maqomi da’vo arizasiga ilova qilinadigan iqtisodiy sudga murojaat qilingan sanadan ko‘pi bilan o‘ttiz kun oldingi sana qayd etilgan statistika organi yoki davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno. Agar iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘langan bo‘lib, da’vo talablari qanoatlantirilganda ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha javobgardan undiriladigan davlat bojining miqdori da’vogar tomonidan to‘lab chiqilgan summa bilan chegaralanadi. Da’vo rad etilgan taqdirda, davlat boji da’vogardan qo‘shimcha ravishda undirilmaydi. Iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektiga davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan bo‘lsa, davlat boji ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha tegishli tarafdan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. Bu norma Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasi birinchi qismida belgilangan. Ushbu ishlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari uchun birinchi instansiya sudiga to‘langan yoki undirilgan davlat bojining 50 foizi miqdorida boj to‘lanadi

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuirskonsulti                             Avlaqulov Sobir