Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Savol:O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga asosiy va o‘rindosh ish joyidan ham xizmat safari uchun pul to‘lanadimi?


Savol:O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga asosiy va o‘rindosh ish joyidan ham xizmat safari uchun pul to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi” Nizomning 12-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga ish beruvchilarning o‘zaro kelishuvi asosida yuboriladi va uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Xizmat safariga bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha xizmat safariga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ichki o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o‘rtacha ish haqi asosiy va o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha saqlanadi.

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti E.D.Hasanov