Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti olish tizimi osonlashtirildi.


O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti olish tizimi osonlashtirildi.

     O‘zbekistonda xorijga chiqish biometrik pasportini endi barcha DXMlar orqali rasmiylashtirish mumkin. Xizmat eksterritorial tamoyil asosida, ya’ni fuqaroning ro‘yxatda turgan manzilidan qat’iy nazar ko‘rsatiladi. Qolaversa, pasportni olish uchun talab etiladigan ma’lumotnomalar ham qisqartirildi.

    Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etildi. Xizmat uchun to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish mumkin.

    Bundan tashqari, taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator ma’lumotnoma qisqartirildi. Xususan, 18−27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilindi.

    Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

    Davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib boriladi. YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

    Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi bo‘lsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

    Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan 1 yanvardan fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshirilmoqda, qolaversa, pasport uchun to‘lov narxi BHMning 1,2 baravaridan
1 baravarigacha arzonlashtirildi.

 

                                                                             

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti E.D.Hasanov