Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Savol;Men yaqinda pensiya chiqaman. Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini qanday olaman?


Savol;Men yaqinda pensiya chiqaman. Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini qanday olaman?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga 1-ilova “Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnomani berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.

Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti E.D.Hasanov