Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Savol: Ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik ham qonunga xilofdir.


Savol: Ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik ham qonunga xilofdir.

 

    Bizda ishga taklif qilish amaliyoti yaqingacha aniq mexanizmlar bilan tartibga solinmagan edi. Yangi Mehnat kodeksining 101-moddasi bilan ishga taklif qilish va taklifnomaning huquqiy asoslari keltirib oʻtilmoqda.

    Mazkur moddaga koʻra, agarda ish beruvchi ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklif bilan jismoniy shaxsga taklifnoma yuborgan boʻlsa, ish beruvchi taklifnomaning amal qilish muddati davomida, agar taklifnomada muddat shartlashilmagan boʻlsa, taklifnoma yuborilgan kundan eʼtiboran 1 oy ichida ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas.

   Taklifnomaga ham tushuntirish berilmoqda: taklifnoma deganda ish beruvchining ushbu jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri, aniq ifodalangan rozilik bildirishi tushuniladi. Taklifnoma ish beruvchining tegishli vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.

   Bunda ish beruvchi fuqaroga ishga qabul qilish toʻgʻrisida taklifnoma yubordimi, tamom. Endi u oʻsha fuqaroning oldida burchli boʻlib qoladi. Fuqaro unga taklifnoma yuborilgan kundan boshlab 1 oy ichida kelsa, ish beruvchi uni taklifnomada koʻrsatilgan ishga (lavozimga) ishga qabul qilishi shart.

Ish beruvchi bu shaxsni ishga qabul qilishni rad qilsa, mavjud vaziyat MK 119-moddaga muvofiq ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish deb baholanadi. Va ish beruvchiga MJtKning 49-moddasiga muvofiq maʼmuriy jarima belgilanishi mumkin.

Qolaversa, taklif qilingan shaxs ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad qilinganligi yuzasidan sudga daʼvo bilan chiqib, ish beruvchiga mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklatish haqida qaror chiqartirishi ham mumkin (MK 32-modda).

 

Chirchiq shahar Adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                              E.D.Hasanov