Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nima uchun o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish kerak. Foydalari nimada?


Nima uchun o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish kerak. Foydalari nimada?

“Xatga tushding, o’tga tushding” degan gap bor. “Nima uchun boshimni qotirib o’z-o’zini band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishim kerak?” degan savol bo’lishi tabiiy. O’ylab ko’rishga arziydigan ayrim sabablari bor:

Faoliyatga qonuniy tus berish. Frilanserlik bilan shug’ullanayotgan shaxsda soliqlarni qanday to’lash haqida savollar bo’lishi tabiiy. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq tekshiruvlari, jarimalar va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ayblovlardan qo‘rqmasliklari mumkin.

Tasdiqlangan ish staji va pensiya. O‘zini o‘zi band qilganlarning faoliyati ish staji hisobiga o’tadi, keksalikda hamma qatori pensiya olishlari mumkin.

Rasmiy daromad. Iste’mol kreditlari, imtiyozli qarzlar olish, shuningdek, soliq imtiyozlarini qo‘llash mumkin. Tijorat banklari tomonidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida beriladi

Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya.

Mijozlar bazasini kengaytirish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik shaxslardan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni qabul qilish uchun bankda osongina hisob ochishlari mumkin. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sheriklar orasida ishonchni uyg‘otadi.

Minimal byurokratiya. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas.