Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, no


Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida 2024-yilning 1-choragida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, hisobot davrida jami kelib tushgan 3 814 ta murojaatning 3 550 tasi yoki 93 % hal qilinishi, shu jumladan 2 353 tasi (66,2%) qanoatlantirilishi va 1 197 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi.

182 ta monitoring va 141 ta oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan jami

31 343 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli tashkilotlarga 332 ta taqdimnoma, sudlarga jami 24,8 mlrd. soʻmlik 308 ta daʼvo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 210 ta maʼmuriy materiallar rasmiylashtirildi.

Kiritilgan taqdimnoma, daʼvo ariza va maʼmuriy materiallarga asosan 59,3 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning undirilishi, 21,5 mlrd. soʻmlik 230 ta daʼvo arizalarining qanoatlantirilishi, 2 937 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 94 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan

17 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 206 nafar shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.