Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 03.01.2024 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1-son farmoni qabul qilingan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 03.01.2024 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1-son farmoni qabul qilingan

 

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan:

-sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi;

-fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi;

-ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etiladi.

- 2024 yil 1 dekabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlovchi “Majburiyatlar reestri” instituti joriy etiladi.

- 2024 yil 1 apreldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

- 2024 yil 1 martgacha ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi.

- Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qo‘shimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratiladi.

- Markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida Monitoring markazi tashkil etiladi.

- Markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish bo‘limi, Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish sho‘basi tashkil etiladi.

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                    G.Roxmonkulov