Янгиликлар
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2024 yildagi 13-son qarori bilan ayrim normativ huquqiy hu
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2024 yildagi 13-son qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi .
Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
-un;
-shakar;
-dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.
Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.
Nurafshon shahar
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov