Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.01.2024yilda “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–14-son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.01.2024yilda “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–14-son qaror qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

 

-2024–2025 yillarda farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

-farmasevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;

-“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri (Klaster) faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

- Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.

 

Qarorga ko‘ra, shuningdek:

-har yili 1 dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmasevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;

-2024 yil 1 martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmasevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo‘lgan tizim joriy qilinadi;

-2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmasevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.

- 2024 yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlanadi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                       S.Nuraliyev