Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 09.01.2024 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–8-son qarori qabu


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 09.01.2024 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–8-son qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, 2024 yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha “tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;

-2027 yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun – majburiy;

-2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                 S.Nuraliyev