Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi


Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 12.01.2024 yilda imzolangan O‘RQ-895-son qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                              G.Roxmonkulov