Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.01.2024 yilda “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.01.2024 yilda “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son qarori qabul qilindi
Quyidagilar respublikamizda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi, xususan:
- jinoyatchilik, shu jumladan latent jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
-jinoyatning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari tizimini belgilash, kriminologik faoliyatga sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etib borish.
- Institut (https://t.me/huquqiyaxborot/15234) kriminologiya sohasi bo‘yicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy ta’minlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi.
-Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar bilan jamlanadi.
- Institutga ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega mutaxassislarni 1 yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori kon’yunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash huquqi beriladi.
- 2024 yil 1 iyulgacha ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi S.Nuraliyev