Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Vazirlar Maxkamasining 13.01.2024 yildagi 24-son qarori bilan “Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 13.01.2024 yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

 

Nizomga ko‘ra, ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Har yili 30 yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari ro‘yxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi.

Shunga ko‘ra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.

Bunda, filmlarning mavzulari o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.

Filmlarni joylashtirish uchun 2024 yil 1 aprelgacha o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                    S.Nuraliyev