Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.01.2024 yilda “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshir


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.01.2024 yilda “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–19-son qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra:

Xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi tashkil etiladi;

Platforma O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rgatishni nazarda tutadi.

Yurtimizning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganishga qiziqish yuqori bo‘lgan xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (markazlar) hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2024 yil 1 maydan mazkur markazlar hamda kafedralar O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotiga oid o‘quv qo‘llanma va darsliklar, audio va videomateriallar bilan quyidagi miqdorlarda ta’minlanadi:

-200 ta – o‘zbek tilini o‘rganish uchun;

-100 ta – o‘zbek adabiyotini o‘rganish uchun;

         -00 ta – O‘zbekiston madaniyatini o‘rganish uchun;

-100 ta – O‘zbekiston tarixini o‘rganish uchun;

-20 ta – madaniy meros va turizmni o‘rganish uchun.

2024 yil yakunigacha xorijdagi o‘zbek milliy madaniy markazlari va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi.

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                        G.Roxmonkulov