Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.01.2024 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qaror qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.01.2024 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qaror qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
-“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
-“VVV”, “VV” va “V” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
-“SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
-“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi S.Nuraliev