Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 22.01.2024 yilda “Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 44-son qarori qabul qilindi


 

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 22.01.2024 yilda “Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 44-son qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan 2024 yil 1 oktabrgacha Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Bu davrda:

-elektron yo‘l varaqalari Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;

-elektron yo‘l varaqalari avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;

-yo‘l varaqalarining qog‘oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tiladi;

-elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;

mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;

tizimdan foydalanganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yo‘l varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                G.Roxmonkulov