Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Vazirlar Maxkamasining 30.01.2024 yildagi 55-son qarori bilan “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 30.01.2024 yildagi 55-son qarori bilan Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

 

Prezidentning tegishli qarori (https://t.me/huquqiyaxborot/15286) bilan 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan.

Nizomga ko‘ra, reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida onlayn shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Tadbirkorlar faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo‘lgan ko‘rsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yig‘indisidan kelib chiqib belgilanadi.

Ma’lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

Reyting ma’lumotlari bo‘yicha e’tirozlar bo‘lsa, Soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.

Shunga ko‘ra, bildirilgan e’tirozlar 1 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Savdo-sanoat palatasi reyting ma’lumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi.

Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                       G.Roxmonkulov